Suriya armiyasi Rossiya kömagida ğalaba qozonadi, bu orada esa hukumatga qarşi kuçlar örtasida ixtilof kuzatilmoqda va bu ixtilof yanada kuçayişi mumkin, deb yozmoqda Germaniya xavfsizlik idoralaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung naşri.

"Rossiyaning aralaşuvi Damaşq foydasiga burilişni anglatadi", deyilmoqda maqolada.

FAZ manbasining fikriça, Suriya armiyasi ertami-keçmi Halabda ğalaba qozonadi. Bu orada nemis maxsus xizmatlarida Saudiya Arabistoni va Turkiyaning hukumatga qarşi kuçlar tomonida Suriyaga kirişi ehtimoli oz deyilmoqda.

Naşrning fikriça, Suriya qöşinlari Rossiya yordamida mamlakatning ğarbiy hududlari ustidan nazoratni tiklagaç, IŞIDga qarşi birgalikdagi operatsiya Suriyaning şarqiy hududlarida davom ettirilişi mumkin.