Kanadada havo harorati 50 daraja sovuqqa tuşib ketdi. Mamlakatning markaziy va şarqiy hududlariga ekstremal sovuq haroratlar keldi, deb xabar bermoqdalar mahalliy ob-havo mutaxassislari.
Kanada poytaxti Ottavada termometr körsatkiçi 32 darajalik sovuqni körsatmoqda. Ontario va Manitoba viloyatlarida havo harorati 50 daraja sovuq bölişi kutilmoqda.
Bunday sovuq harorat ikki kun hukm suradi. Şu sababli oçiq havoda ötkazilişi rejalaştirilgan barça tadbirlar bekor qilindi.






