Madridning "Real" klubi Ispaniya Primerasining 24-turida Bilbaoning "Atletik" klubini öz maydoni "Santyago Bernabeu"da 4:2 hisobida yutdi.

Madridliklar safida Kriştianu Ronaldu dubl va bitta golli uzatma qayd qildi. Xames Rodriges va Toni Kroos öz hisoblariga bittadan töp yozib qöyişdi. "Atletik"da gollarni Xaver Eraso va Gorka Elustondo amalga oşirdi.

Ayni vaqtda "Real" 53 oçko yiqqan holda 2-örinni egallamoqda, u "Barselona"dan bir oçko ortda qolmoqda. Biroq kataloniyaliklarda zaxirada yana 2 ta öyin bor. "Atletik" esa 35 oçko bilan 6-örinni egallmoqda.

Ispaniya Primerasi. 24-tur
Real M – Atletik B – 4:2
Gollar: Ronaldu, 3 (1:0); Eraso, 10 (1:1); Rodriges, 37 (2:1); Kroos, 45 (3:1); Ronaldu, 87 (4:1); Elustondo, 90 (4:2).
Çetlatiş: Varan, 83 (Real)