Samsung kompaniyasi Apple`ning kelgusidagi flagmenlari uçun çiplar işlab çiqarmasligini ma'lum qildi. The Electronic Times naşrining xabar berişiça, iPhone 7 smartfonlari uçun yagona çip yetkazib beruvçi Tayvanning TSMS kompaniyasi bölişi kutilayapti.
Apple smartfonlari A10 6 yadrolik çip bilan ta'minlanadi. Tayvanning TSMS kompaniyasi çiplarni 10-nanometrlik texnojarayon asosida işlab çiqaradi.
TSMC kompaniyasi çip işlab çiqariş sohasida yetakçilardan biri sanaladi. Alohida ta'kidlaş kerakki, mazkur kompaniya ilk bor 10-nanometrlik texnojarayon asosida çip işlab çiqarişni yölga qöygan kompaniya sanaladi.






