Moskva ğarbida öğrilar ayolga taşlanib, içida 32 million rubl puli bölgan sumkasini tortib olişgan, deb xabar beradi TASS.
Voqea Kutuzovskiy prospektida valyuta almaştiriş şahobçasida sodir bölgan. Pulni olib qoçgan bosqinçilar ketgan maşina rusumi va raqami ma'lum.
Fevral oyi boşida Kutuzovskiy prospektida uçta noma'lum şaxs nafaqaxörning bankomat oldida million rubl pulini ömarib ketişgan. Huquqni muhofaza qiliş organlarining ma'lumotiga köra, jinoyatçilar bankomatda yirik miqdorda pul yeçib olayotgan odamlarni kuzatib yurişgan.
Avvalroq özlarini pensiya jamğarmasi işçilari deb taniştirgan öğrilar moskvalik nafaqadagi ayolning uyiga kirib, 1,5 million pulini talon-taroj qilişgan.






