Bugun, 16 fevral oqşomida Yevropa Çempionlar ligasining pley-off öyinlariga start beriladi.

Nimçorak bosqiçida ötgan yilning kuzidagi guruh bosqiçida öz guruhlarida 1 va 2 örinlarni egallagan jamoalardan tuzilgan juftliklar özaro bahs olib boradi.

Bosqiçning birinçi keçasiga 2ta öyin belgilangan. Parijda "PSJ" "Çelsi"ni qabul qilsa, Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi Portugaliyaga, Lissabonning "Benfika" jamoasi maydoniga safar qiladi.

Bu öyin arafasida "Çelsi"ning belgiyalik yarim himoyaçisi Eden Azarning faoliyatini aynan "PSJ"da davom ettirişi haqida xabarlar paydo böldi. Londonliklar murabbiyi Guus Xiddink esa bunday darajadagi futbolçi yuqori saviyali ligada töp surişi kerakligini ta'kidlab ötdi.

Ayni vaqtda "Çelsi" APLda 26 turdan keyin 33 oçko bilan 12 örinda joylaşgan. "PSJ" esa Fransiya çempionligini deyarli naqd qilgan. Parijliklar 26 tur öyinlaridan keyin 70 oçko töplagan va ikkinçi örindagi "Monako" jamoasini 24 oçkoga ortda qoldirib ketgan.

"Benfika" ayni vaqtda Portugaliyada çempionatida 22 tur öyinlaridan keyin "Sporting"dan 3 oçko ortda qolgan holda ikkinçi örinda joylaşgan. Rossiyada esa ayni vaqtda qişki ta'til davom etmoqda. "Zenit" birinçi davra yakunida 30 oçko jamğarib, törtinçi örinni olgandi. Piterliklar ta'til vaqtida 3 marta yiğin ötkazişdi, uçinçi yiğin Portugaliyaga yondoş Ispaniyada bölib ötdi.

Öyinlar Toşkent vaqti bilan 17 fevralga ötar keçasi soat 00:45da boşlanadi.