Italiyaning "Palermo" jamoasi rasmiy saytida lavozimga tayinlanganiga 5 kun bölgan Jovanni Bosining iste'foga çiqarilgani haqida ma'lum qilindi. Uning örniga ötgan yilning noyabrida işdan böşatilgan mutaxassis Juzeppi Yakini qaytarilgan.

Mosi jamoaga tayinlangaç, Italiya A seriyasida faqat bitta öyin ötkazdi. "Torino"ga qarşi keçgan bu bahs sitsiliyaliklarning 1:3 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlandi. Bosi özidan oldingi murabbiy Gilermo Skelottoga UYeFA litsenziyasi berilmagani uçun taklif etilgandi.

Uning örniga qaytarilgan Yakini 2015 yilning 10 noyabrida işdan haydalgandi. Ötgan vaqt içida undan keyin jamoani 4 mutaxassis boşqarişga ulgurdi: Davide Ballardini, Jovanni Tedesko, Gilermo Skelotto va Jovanni Bosi. Şu tariqa, "Palermo" prezidenti Mauritsio Dzamparini mavsum davomida beş marta murabbiy özgartirdi.

Ma'lumot uçun, ayni vaqtda "Palermo" A seriyaning 25 tur öyinlaridan keyin 26 oçko bilan 15 örinda joylaşgan.

"Palermo" prezidenti Italiya A Seriyasi öyinlarini töxtatib turişni taklif qildi