Saudiya Arabistoni har yili örtaça 75 ming tonna guruçni isrof qilyapti, çunki köplab oilalarda zarur bölganidan ortiq yegulik tayyorlanadi.

"Saudiya qirolligining şarqiy va markaziy mintaqalarida 16 million yegulik isrof qilinyapti va çiqindi qutilariga taşlanmoqda", deydi oziq-ovqatni tejaşni rasmiy ravişda tarqatuvçi ta'lim vaziri Ahmad al-Harbi.

U bergan ma'lumotlarga köra, butun dunyoda har yili 1,3 trillion tonna oziq-ovqat isrof qilinyapti, Saudiya Arabistoni esa bu borada eng yomon körsatkiçni qayd etadi.

Maktablar va boşqa muassasalarda ötkazilayotgan kampaniya oziq-ovqatni tejaş va isrofgarçilik bilan boğliq odatlarga barham berişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, Saudiya Arbistoni neftni eksport qiliş böyiça yirik mamlakat hisoblanadi, aholisining soni deyarli 30,5 millionni taşkil etadi, ulardan deyarli 10 millioni xorijliklar.