HUIS («house» deb talaffuz qilinadi) universal pulti televizor, audio va videotizimlarni, konditsioner va hokazolarni boşqara oladi. Şu örinda monand interfeysni namoyon etadi va eng köp foydalanilgan funksiyalarni eslab qoladi. Pult e-ink texnologiyasi asosida yaratilgan, şuning uçun quvvat moslamasisiz bir oy işlay oladi.

Yaponiyada mart oyidan 245 dollar narxda sotuvga çiqadi, xalqaro savdosi esa ma'lum emas.