Apple korporatsiyasi 10-12 mlrd dollarlik obligatsiya çiqarmoqçi, deb xabar bermoqda MarketWatch agentligiga iqtibos keltirgan holda Vestifinance.ru sayti. Bu kompaniyaning 2013 yildan beri beşinçi köp milliardlik obligatsiyalarni çiqarişi böladi.

Manbalarga köra, "Apple" obligatsiyalarni 30 yillik muddatda uziş bilan joylaştirişni rejalaştirilmoqda, ularning daromadligi AQŞ ğaznaçiligi obligatsiyalarining daromadligidan 2,15 foizga yuqoriroqni taşkil qilişi mumkin. Kompaniya şuningdek 7 yillik "yaşil" obligatsiyalar – toza energiyaga investitsiya qiliş orqali uziladigan qimmatbaho qoğozlarni çiqarmoqçi.

Apple yanvar oxirida 2016 moliyaviy yilning 1-çoragida (2015 yilning otkyabr-dekabr oylari) rekord darajada foyda olganini ma'lum qildi. 1-çorakda kompaniya daromadi 75,9 mlrd dollarni, sof foyda esa 18,4 mlrd dollarni taşkil qilgan. Taqqoslaş uçun, ötgan yilning 1-çoragida daromad 74,6 mlrd dollarni, sof foyda esa 18 mlrd dollarni taşkil qilgandi.

Kompaniya 2016 moliyaviy yilning 1-çoragida 74,8 mln dona iPhone sotişga muvaffaq böldi. Ta'kidlaş joizki, undan avvalgi çorakda Tim Kuk kompaniyasi deyarli şunça, ya'ni 74,5 mln dona iPhone sotgan edi, bu esa kompaniya smartfonlari savdosi özining eng yuqori darajasiga erişgan bölişi mumkinligini anglatadi.