BAAdagi Ras al-Xaymah ( Ras Al Khaimah) öqiş zonasida olib borilgan tergov işlari talaba öz öqituvçisini boşqa talabalar oldida bir neça bor haqoratlaganini körsatdi.

Bunday munosabatdan ğazabga kelgan öqituvçi esa talaba tanasining bir neça joyiga suv şlangi bilan urgan. Bu haqda “Emarat al Yum” naşri xabar bergan.

Voqea ötgan haftada Ras al-Xaimah örta maktabida sodir bölgan.

Öquv muassasasining direktori Somaya Harib al-Suaydi (Somaya Harib Al Suwaidi) talaba ham öz oyoq kiyimini öqituvçisiga uloqtirgani, bunday haqoratdan söng öqituvçi ğazablanib, öquvçiga qöl kötarganini ta'kidlagan.

Bundan taşqari, direktor talaba va öqituvçi örtasida yuzaga kelgan munozaradan keyin talaba öqituvçisini haqoratlagani töğrisida ma'lumot bergan.

Somaya al-Suaydining ta'kidlaşiça, 10-sinfda tahsil olayotgan talaba öqituvçini haqoratlaşda davom etgan, natijada öqituvçi unga qöl kötargan.

Talaba va uning akasi jismoniy zarar yetkazgani uçun öqituvçining ustidan arz qiliş uçun politsiya mahkamasiga kelişdi.

Politsiya öquv muassasasiga keldi va mazkur holat sababini örganişga va'da berdi. Ras al-Xaimahda mazkur voqeani örganiş böyiça qömita şakllantirildi va hisobot tayyorlandi.