Britaniyaning Uayt oroli yöllaridan birini yetti metrlik dinozavr tösib olgan.

Aslida bu turli tarixiy osori-atiqalar bilan şuğullanuvçi tadbirkor Martin Simpsonning Yura davri ösimliklari va hayvonlari namunalari saqlanuvçi boği Island Gems’ga tegişli Godshill ismli tritseratopsdir.

Boğning egasi bunday oğir yodgorlikni katta yölning böyiga bir neça mast kişi olib çiqqan, deb hisoblaydi. Şunga öxşaş holatlar avval ham takrorlangan. Martin Simpson bu voqeadan keyin boğning himoyasini yanada kuçaytirişga qaror qildi.