16 fevral oqşomida Yevropa Çempionlar ligasining 1/8 finalidagi birinçi uçraşuvlar doirasida "PSJ" "Çelsi"ni qabul qildi.

Öyinda parijliklarning 2:1 hisobidagi ğalabasi qayd etildi.

39-daqiqaga kelib, Zlatan Ibrohimoviç jarima zarbasidan unumli foydalangan holda jamoasini oldinga olib çiqdi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqada burçak zarbasidan keyin parijliklar jarima maydonida yuzaga kelgan sarosima vaqtida Obi Mikel töpni darvozaga yöllab, oradagi farqni yöqqa çiqardi.

Ikkinçi taymda öyinga Lukas Mouraning örniga zaxirada qöşilgan Edinson Kavani maydonga tuşişidan 4 daqiqa ötib, öyinning 78-daqiqasida yakuniy hisobni örnatdi - 2:1.

Çempionlar ligasi, 1/8 final

PSJ Fransiya – Çelsi Angliya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 39 Ibrohimoviç, 1:1 – 45 Obi Mikel, 2:1 – 78 Kavani.
PSJ – Trapp, Markinos, Tiago Silva, David Luiz, Maksvell, Verratti (Rabo, 81), Motta, Matyuidi (Pastore, 81), Di Mariya, Ibrohimoviç, Lukas (Kavani, 74).
Çelsi – Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ivanoviç, Baba, Obi Mikel, Fabregas, Pedro, Villian, Azar (Oskar, 71), Diyego Kosta.
Ogohlantirişlar: Ibrohimoviç (19), Obi Mikel (38), Pedro (67), Lukas (70), David Luiz (71).