Microsoft kompaniyasi örtaça darajadagi Lumia 650 biznes-smartfoni haqida e'lon qildi. Qurilma Windows 10 Mobile operatsion tizimi asosida işlaydi. U Windows Hello yoki Lumia 950 modelidagi Continuum singari ilğor biometrik autentifikatsiya texnologiyasi bilan ta'minlanmagan. Biroq yupqa metal korpus (6,9 millimetr), zamonaviy dizayn va qulay narx—bularning bari 200 AQŞ dollari.
"Vinfon" 5-dyuym OLED-ekran (1280x720 piksel), 4 yadroli 1,3 GGts takt çastotali Snapdragon 212 protsessor bilan ta'minlangan.
Akkumulyator quvvati 2000 mA*s. Ana şunday imkoniyatlari bilan qurilma 122 gramm toş bosadi. Smartfon ikkita kameraga ega — 8 megapiksellik asosiy va 5 megapikellik frontal kamera. Lumia 650 şu haftada savdoga çiqarilişi rejalaştirilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, Lumia 650 smartfoni Lumia avlodiga mansub söngi Windows-smartfon bölişi mumkin. Bu haqida yanvarning söngida Windows Central saytida xabar berildi. Şuningdek, qurilmaning texnik tavsifi ham bayon qilindi.
Manabaning ma'lum qilişiça, Microsoft kompaniyasi Lumia 650 smartfonidan söng, bor diqqat-eʼtiborini Surface avlodiga qaratmoqçi. Bunday rusumdagi ilk qurilmalar kuz faslida işlab çiqarilişi mumkin.






