Hindiston kompaniyasi Ringing Bells narxi 500 rupiy (yetti dollar)lik smartfon işlab çiqarişni boşlaydi, deb xabar beradi Mashable.
Gadjyet Freedom 251 deb ataladi va 3G moduli bilan ta'minlangan.
Bu Hindistondagi eng arzon smartfon böladi. Uning taqdimot marosimi 17 fevralga rejalaştirilgan.
Ringing Bells uşbu smartfonni işlab çiqarişda çet eldan keltirilgan tarkibiy qismlardan foydalanadi, lekin smartfonning özi “Hindistonda işlab çiqarilgan” davlat dasturi doirasida Hindistonda yiğiladi.
Hozir Hindistonda eng arzon smartfonlarni 1500 rupiy (22 dollar) dan 2000 rupiy (29 dollar) gaça narxlarda sotib oliş mumkin. 2015 yilda Ringing Bells 4G modulli eng arzon (44 dollarlik) gadjyet işlab çiqargan.
Hindistonda örtaça 220 million foydalanuvçi bor, bu ölka dunyodagi smartfonlar eng köp sotiladigan mamlakatlarning ikkinçisi hisoblanadi. Motorola, Gionee, Lenovo va Xiaomi kabi yirik kompaniyalar 2015 yilda işlab çiqariş korxonalarini Hindistonga köçirişgan.






