Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi öz terma jamoasining 2016 yilgi Yevropa çempionati iştirokçilari qatoridan çiqarilişiga erişişga tayyor, deb ta'kidlamoqda Marca naşri.
Naşr ma'lumotlariga köra, taşkilot prezidenti Anxel Mariya Vilyar ikki ispan klubining hisob raqamlariga noqonuniy tölov ötkazganlikda ayblanmoqda.
Naşrning aytişiça, Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi agar Vilyarga nisbatan iş oçiladigan bölsa, terma jamoaning çetlatilişini talab qiladi. Federatsiya raisining ikki örinbosari Ispaniya huumatini federatsiya işiga aralaşuvda ayblab, terma jamoaning çetlatilişi talab qilingan maktubni imzolaşdi. FIFA qoidalariga köra, hukumatning futbolga aralaşişi taqiqlangan. Agar Ispaniya sport ma'muriy tribunali Vilyarga qarşi iş oçsa, maktub FIFAga jönatiladi.






