"Griffon vertolyotlari Iroq şimolidagi harbiylarimiz xavfsizligini ta'minlaş uçun", - deydi Kanada Milliy mudofaa vaziri Xardjit Sadjan. Bu haqida AFP agentligi xabar berdi. Agentlik ma'lumotlariga köra, vertolyotlar kanada harbiylarini taşiş uçun xizmat qiladi.
9 fevral kuni Kanada harbiy havo kuçlari joriy yilning 22 fevraliga qadar Iroq va Suriya hududidagi “Islom davlati” terroçilar guruhi obektlarini bombardimon qiliş operatsiyalaridagi öz iştirokini töxtatişi haqida ma'lum qilgandi.
AQŞ boşçiligidagi xalqaro harbiy operatsiyalarga Kanada tomonidan 6 ta F-18 qiruvçi-bombardimonçi samolyot, ikkita CP-140 Aurora razvetka samolyoti, bitta Airbus SS-150 Polaris yoqilği taşiş samolyoti biriktirilgan.
2014 yilning oktabr oyida Suriya va Iroqqa Kanada hukumatining sobiq Boş vaziri Stiven Xarper IŞIDga qarşi harbiy harakatlar uçun kiçik aviaguruh va ularga xizmat körsatuvçi 600 nafar harbiy xizmatçi jönatgandi. Kanada kontingenti Quvaytdagi aviabazaga joylaşgan. Bundan taşqari, 69 nafar harbiy instruktor Iroq şimolida xizmat qilmoqda. Kanada missiyasi 2016 yilning mart oyida nihoyalanadi.






