16 fevralda Moskvada yilning bu vaqti uçun anomal ob-havo şaroiti kuzatildi. Şahar ustidan kuçli yomğir ötib, Moskva markazidagi ba'zi köçalar suv bilan toşdi. Mojayskiy şossesining özida suv toşqini oqibatlarini bartaraf etiş uçun bir neça yuz mutaxassis jalb qilindi. Transport departamenti vaqtinçalik maşinalarda yurmaslikni tavsiya qildi.

Ob-havo yomonlaşgani sababli şahar kommunal xizmatlari kunböyi navbatçilik qilişga ötkazildi hamda buning uçun 300 ga yaqin avariyaviy brigada jalb qilindi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari anomal ob-havoni qizğin muhokama qilişdi. Tarmoqda yomon ob-havo şaroiti olib kelgan oqibatlarning surati va videolari çop etildi.