Cadena Ser naşri jurnalisti Xesus Galego tomonidan ötkazilgan sörovnoma natijasida ma'lum bölişiça, "Real" muxlislarining 80 foizi "Barselona" futbolçisi Neymarni Ronaldudan ustun körişadi.

Muxlislar Ronaldu Neymarga almaştirilişini istaşmoqda.

Eslatib ötamiz, keyingi vaqtlarda Ispaniya matbuotida "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres uşbu 24 yoşli futbolçini öz jamoasiga olib kelişni istayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Joriy mavsumda Neymar "Barselona" safida Ispaniya çempionati va boşqa turnirlarda 30ta öyin ötkazdi va 22ta gol urib, 12ta golli uzatma muallifi böldi.

2009 yildan buyon madridliklar safida öynab kelayotgan Ronaldu esa joriy mavsumda 30 öyinda 32ta gol urgan va 11ta golli uzatma muallifi bölgan.

«Real» Ronalduning örniga Neymarni olib, unga 35 mln yevrolik maoş tayinlamoqçi

Onda Cero: Neymar «Real» bilan muzokara ötkazdi

«Real» Neymarning otasi bilan kelişa olsa, bu futbolçini tarkibiga qöşib oladi