Respublikaning barça şaharlari qatori poytaxt Toşkent ham yildan-yilga zamonaviy qiyofa kasb etib, megapolislarga hos barça jihatlarga ega bölib bormoqda. Körkam bino-inşootlar, zamonaviy köpriklar, keng va ravon yöllar bunyod etilmoqda. Kompleks çora-tadbirlar va maxsus reja asosida olib borilayotgan işlar samarasi ölaroq, boş kentning transport-kommunikatsiya tizimi ham takomillaşib bormoqda.
Bu öz navbatda poytaxt aholisi va mehmonlari uçun qator qulayliklar yaratmoqda. Masalan, Olmazor va Şayxontohur tumanlarini kesib ötib, Forobiy, Qorasaroy, Sağbon, Sebzor va Labzak köçalarini özaro boğlovçi 5,1 kilometr uzunlikdagi yangi Nurafşon köçasining oçilişi şahardagi ma'lum tirbandliklarning oldini oldi, transportlar harakatini osonlaştirmoqda. Qolaversa, Abdulla Qodiriy va Labzak köçalari hamda Sebzor va Abdulla Qodiriy köçalari kesişgan çorrahalarda yangi köpriklar köçalarga körk, aholi va transport vositalariga qulaylik yaratdi.
Aytiş kerakki, maxsus farmon va qarorlar asosida poytaxtda milliy va zamonaviy me'morçilik uslublarini uyğunlaştirgan bino va inşootlar qurilişiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Madaniy obektlar, turli muassasalar va aholi turar joy binolari poytaxt körkiga körk qöşmoqda. 2014 yil 20 noyabrdagi Toşkent şahrining Eski şahar qismida zamonaviy turar joylar barpo etiş çora-tadbirlari töğrisidagi Prezident qarori asosida Nurafşon köçasida qad rostlagan önta köp qavatli uy-joy binosini ham yorqin misol sifatida aytiş mumkin.
Toşkent şahridagi yöl transporti infratuzilmasini yanada takomillaştiriş, köçalar böyidagi bino va inşootlarning me'moriy qiyofasini yangilaş böyiça işlar joriy yilda ham davom ettirilmoqda.
Mirzo Uluğbek tumani boş arxitektori Otabek Imomovning ma'lumot berişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 5 avgustdagi “Toşkent şahrining magistral köçalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga asosida yöllar kengaytirilmoqda, zamonaviy yoritiş uskunalari örnatilib, bino va inşootlarning me'moriy qiyofasi yangilanmoqda. Mirzo Uluğbek tumanida, rejaga köra, 232 ta bino va inşootning old qismi ta'mirlanib, atrofi kökalamzorlaştirilayapti.

-Ammo ba'zi fuqarolarning turar joy binolarining balkonlarini özlari bilgança, me'morçilik qoidalariga, “Şaharsozlik kodeksi”, “Fuqarolik kodeksi”ga nomuvofiq buziş va ta'mirlaş holatlari ham kuzatilmoqda va bu ularning özlari uçun ham atrofdagilar uçun ham xavfli, - deydi arxitektor. Quriliş-ta'mirlaş işlari uçun mahalliy byudjyet hisobidan mablağ ajratilgan. Bu jarayonda fuqarolar jarayonning asl maqsadini yaxşi anglab, turli gap-sözlar va miş-mişlarga çalğimay, bunyodkorlik işlariga munosib hissa qöşsalar, maqsadga muvofiq bölardi.







