Britaniyaning Aston Martin avtokompaniyasi maişiy elekronika buyumlari işlab çiqaruvçi LeEco xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda özining ilk elektromobilini yaratiş ustida iş boşladi. Bu haqida China Daily`ning elektron naşri xabar berib, yangi loyihada RapidS bazasidan foydalanilişini ma'lum qildi.

Elektromobil 2018 yilda bozorlarga çiqarilişi rejalaştirilgan va kompaniyaning Geydon(Uorikşir grafligi)da joylaşgan zavodida yiğiladi.

"Bu Aston Martin kompaniyasining elektromobillar işlab çiqariş böyiça loyihasini yuksaltiradi", - deydi britaniya kompaniyasining boş direktori
Endi Palmer.

Hozirça loyihaning moliyaviy şartlari haqida ma'lumotlar yöq.