AQŞning Detroyt şahri xalqaro aeroportida samolyotlar harakatlanişi uçun möljallangan yölaklar böylab harakatlaniş vaqtida American Airlines va Southwest Airlines aviakompaniyalariga tegişli ikkita Boeing-737 yölovçi samolyotlari töqnaşib ketdi.
Aeroport vakillarining aytişiça, parvozlarni amalga oşirmoqçi bölgan ikkala avialaynerning bortida ham yölovçilar bölgan, ulardan heç kim jabrlanmagan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Yonilği oqişi qayd qilinmagan. Ma'lum bölişiça, samolyotlardan birining qanoti, ikkinçisining dum qismi şikastlangan. AQŞning transport xavfsizligi milliy boşqarmasi ekspertlari voqea sabablarini taftiş qilmoqdalar.






