Aviatsiya muhandisi, koinot sayyohligi böyiça dunyodagi birinçi Space Adventures korxonasining ta'sisçisi, Planetary Resources kompaniyasi asosçisi va boşqa yetakçi texnologiyalar hamda kosmik rivojlanişlar bilan boğliq loyihalar taşkilotçisi Piter Diamandis 2025 yilda insoniyatni nimalar kutayotganini başorat qildi.
1. 1000 dollar evaziga inson miyasi

2025 yilda 1 soniyada 10 000 trln operatsiyalarni bajarişga qodir kompyuter paydo böladi. Bu tezlik inson miyasining axborot tahlil qiliş tezligiga teng. Bunday qurilma bor yöği 1000 dollar evaziga sotiladi.
2. “Barçaga internet”

“Barçaga internet” global iqtisodiyotni yangi darajaga kötaradi: geografik çegaralar yöqolib, dunyoning turli burçaklaridagi insonlar onlayn tarzda loyihalar ustida xuddi real hayotdagi kabi işlaş imkoniyatiga ega bölişadi. 2025 yilga kelib “Barçaga internet” axborot yiğiş uçun 100 milliardlik bir-biriga ulangan datçiklarni öz içiga oladi. “Cisco”ning yaqinda çop etilgan ma'ruzasiga köra, megainternet 19 trln. dollar işlab çiqaradi.
3. Takomillaşgan bilim

Dunyodagi trilliondan ortiq axborot yiğiş datçiklari (avtonom avtomobil, sun'iy yöldoş tizimi, uçuvçisiz samolyotlar, taqiladigan kameralar) orqali siz istagan vaqtingiz va joyingizda, özingiz xohlagan narsangiz haqida bilib olişingiz mumkin. Biz endi takomillaşgan bilimlar dunyosi sari boryapmiz.
4. Bir-biriga uzviy boğliq bölgan 8 millard inson

Facebook (Internet.org), SpaceX, Google (Loon loyiha), Qualcomm va Virgin (OneWeb) sayyoramizdagi barça insonlarni soniyasiga bir megabit tezlikdan oşuvçi internet bilan ta'minlab berişni rejalaştirgan. Sakkiz milliarddan oşiq insonlar kommunikatsiyaning yangi vositalari bilan boğlanadilar. Global tarmoqdan çeklangan insonlar Google, 3D-çop etiş, Amazon xizmatlarining barça ma'lumotlaridan foydalaniş imkoniga ega bölişadi.










