Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Anqaradagi teraktni qoraladi va Turkiya bunday teraktlarni amalga oşiruvçi "malay"lar bilan faol kuraşadi, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

"Biz Anqaradagi qabih teraktni darğazablik bilan qoralaymiz. Biz mamlakat içida ham, uning sarhadlari ortida ham terrorçilikka qarşi kuraşimizni davom ettiramiz. Bunday qabihliklarni amalga oşiruvçilarda na ma'naviy, na insoniy qadriyatlar bor", deb aytdi Erdöğan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, terakt oqibatida 28 kişi halok bölgan, 61 kişi jarohat olgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, harbiylar yotoqhonasi oldida qoldirilgan minalaştirilgan avtomobil portlatilgan.