AQŞ Prezidenti Barak Obama Lotin Amerikasi safari doirasida yaqin haftalarda Kubaga borişga tayyorgarlik körmoqda. Safar rejasi 18 fevral kuni rasman e'lon qilinadi.

"Prezident, agar şaroit tösqinlik qilmasa, Kubaga bormoqçiligini bildirgan", deb xabar beradi Reuters agentligi.

Gap 2016 yil mart oyiga möljallangan safar haqida ketmoqda.

1959 yilgi Kuba inqilobidan söng AQŞ Kuba savdosiga embargo qöygan, 1961 yilda esa Respublika bilan diplomatik aloqalarni butunlay uzgan.

2015 yilning kuzida Amerika Kuba bilan embargo tufayli savdoga qöyilgan taqiqlarni yengillaştiriş maqsadida yangi qoidalar işlab çiqa boşlaşdi. 11 dekabrda davlatlar 1963 yilda uzib qöyilgan töğridan töğri poçta aloqasini, 16 dekabrda esa muntazam tijorat aviareyslari qatnovini qayta tiklaşdi.

Kuba bilan munosabatlarning mö'tadillaşgani haqida Obama ilk bor 2014 yil 17 dekabrda ma'lum qilgan. 2015 yilda 20 iyulda ikkala tomon Vaşington va Gavana öz elçixonalarini oçişgan.