Regenerativ meditsina mutaxassisi, maşhur jarroh Entoni Atala boşçiligida amerikalik tadqiqotçilar guruhi 3D-bioprinter yaratib, unda inson quloği hamda suyak va muşak töqimalari namunalarini çop etişga muvaffaq bölişdi.

Bundan taşqari çop etilganlarning natijasini kemiruvçilarga muvaffaqiyat bilan köçirib örnatişdi.

Uşbu ğaroyib bioprinter kaşfiyotçilari tez orada uşbu uskunadan inson tanasiga ham transplantatsiya qiliş mumkin bölgan a'zolar çop etiş maqsadida foydalanişlariga işonç bildirişmoqda.

Hayvonlar ustidagi tajriba muvaffaqiyatli ötgan, ikki haftadan keyin kalamuşlarda yangi nerv töqimalari şakllana boşladi, suyak implantatlari esa qon tomirlari tizimini şakllantira oldi, lekin bunga bir neça oy vaqt kerak böldi.

Odamlar ustida bu tajribani qöllaşdan avval bir neça yil sarflanişi mumkin.

“Keyingi yillar davomida bu sohada juda köp ajoyib-ğaroyib yutuqlarga guvoh bölamiz. Bu xuddi ilmiy fantastikaga öxşaydi, lekin qançadan qança bemorlarning hayotini özgartiradi”, deya işonç bildirdi Karnegi-Mellon Universiteti biomeditsina injyeneri Adam Feynberg.