Özbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliğining 2016 yil 8 yanvardagi 67-N-sonli buyruğiga asosan, havo kemasining yuriş, kötariliş va qöniş vaqtida elektron va aloqa vositalaridan foydalaniş, jumladan, havo kemasi bortida fotosuratga va videotasvirga oliş taqiqlanadi, deb xabar beradi “Darakçi” naşri.
Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 117-moddasida “Havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga oliş, şuningdek radioaloqa vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş — foto-kinoplyonka yoki videokassetalar musodara qilinib, eng kam iş haqining uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi”, deb belgilab qöyilgan.
Samolyot bortida taqiqlanadi:
- Giyohvand moddalarni, tamaki mahsulotlarini (nosvoy va boşqalarni ham) iste'mol qiliş, şuningdek, elektron sigaretalardan foydalaniş;
- taşuvçi tomonidan iste'mol qiliş uçun taklif qilingan belgilangan me'yordan taşqari, şuningdek, boj olinmaydigan savdo dökonlaridan sotib olingan alkogol mahsulotlarini iste'mol qiliş;
- uçuvçilar kabinasiga kiriş;
- havo kemasi ekipaji a'zolarining xizmat vazifalarini bajarişlarida ularga tösqinlik qiliş yoki ularning işlariga aralaşiş;
- havo kemasining mol-mulkini(pledlar, yostiqlar, idiş tovoqlar, oşxona jihozlari, elektron vositalar, qutqariş nimaçalari va boşqalar)ni olib ketiş va şikastlaş;
- jamoat tartibini buziş va zaruratsiz atrofdagilarni bezovta qiliş;
- havo kemasi ekipaji a'zolarining tegişli körsatmalarisiz avariya-qutqaruv jihozlarini işlatiş;
- havo kemasi ekipaji a'zolarining ruxsati yoki körsatmalarisiz boşqa joylarga ötiriş.






