Meduza.io sayti öz öquvçilariga smartfonlarni himoya qilişni eslatib, buning uçun sabablar va bu boradagi tavsiya hamda maslahatlarini keltirdi.
1. Nega ma'lumotlarni himoya qilişim kerak? Ular kimga kerak?
Misol uçun, firibgarlarga. Smartfondagi ma'lumotlar orqali bank hisob raqamingiz, mobil hamyoningiz yoki yozişmalaringizga erişiş mumkin. Bundan taşqari, vijdonsiz maxsus xizmat xodimlarining qurboniga aylanişingiz ham mumkin.
2. Qanday ma'lumotlar haqida gapirayapsiz?
Har bir inson qanday ma'lumotni yöqotişdan qörqişini özi hal qiladi. Texnik nuqtai nazaridan ularni ikkiga ajratiş mumkin. Smartfonigizdagi va “bulut tizimi”dagi ma'lumotlar. Bu ajratiş judayam muhim, çunki ularning himoya tizimi har xil.
3. Smartfon xotirasidagi ma'lumotlarni qanday himoya qiliş mumkin?
Eng oddiy qoidalardan biri bu smartfoningizni qözdan qoçirmang va uni biron bir öğri olib keta olmaydigan joyda saqlang. Albatta ekran blokirovkasi (screen lock) ma'lumotlarni himoya qilişning eng asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bundan taşqari, har xil smartfonlar bir qança turdagi himoya vositalarini işlatişga imkon beradi: parol, pin-kod, grafik kalit (barmoqlar yordamida çiziladigan maxfiy kalit), yuzni yoki barmoq izini aniqlaş kabilar.
4. Pin-kod paroldan qanday farq qiladi?
Unçalik farq ham yöq: pin-kod faqatgina sonlardan taşkil topsa, parol sonlar va sözlardan ham taşkil topişi mumkin.
5. Qaysi himoya vositasi eng yaxşi?
Eng yaxşi himoya vositalaridan biri bu köpgina son va harflardan iborat bölgan uzun va qiyin parol. Bunday vosita barça smartfonlarda mavjuddir. Aytib ötiş kerakki, barça vositalarning ham kamçiligi mavjud. Masalan, uzun parolni eslab qoliş muşkul, grafik kalitni ekranda qoldirilgan izdan bilib oliş, hattoki barmoq izini ham köçiriş mumkin.
6. Agar xotiram sust va har doim telefonimni unutsam nima qiliş kerak?
Bunday holatlarda oldini oliş me'yorlariga amal qiliş zarur. Ayfonlarda va Android’larda ham xarita orqali telefonning joylaşgan joyini qidirib topiş imkoniyati kiritilgan. Bundan taşqari ayfonlarda ön marta notöğri parol kiritilganda avtomatik tarzda barça ma'lumotlarni öçirib yuboriş imkoniyati mavjud (faqat uni oldindan telefonning parol bölimida yoqiş zarur). Agar sizning farzandlaringiz bölsa va ularning qöliga telefoningiz tuşib qolsa, bunday vosita açinarli oqibatga olib kelişi mumkin.







