Kaliforniyalik merganning telefoni qulfini oçiş masalada Apple kompaniyasi sudga 26 fevral kuni kuni oxirgi javobini berişi lozim böladi.

AQŞ hukumati "san-bernardinolik mergan" Said Rizvon Faruqning telefonini oçib beriş talabi bilan sudga murojaat qilgan.

"Sud Apple`ga beş kun muddat bergan edi, endi bu muhlatga uç kun qöşib berildi", deya xabar qiladi CNBC telekanali.

Apple`ning avvalgi rad javobini Twitter va Facebook qöllab-quvvatlagan, keyinroq Google rahbari Sundar Piçai ham Tim Kukka qat'iyati uçun öz hurmatini izhor qilgan edi.

Ötgan yilning dekabr oyida Kaliforniyaning San-Bernardino şahridagi imkoniyatlari çeklanganlar markazi hududida bölib ötgan otişmada 14 kişi halok bölgan, 17 kişi yaralangan. Otişmada ikki jinoyatçi - Said Rizvon Faruq va uning turmuş örtoği Taşfen Malik iştirok etgan. FQB erkakning telefonini oçişga urinmoqda.