TF1 naşrida Lamborghini superkarining patent suratlari paydo böldi. Suratlarda Centenario (LP770-4 V12) ekstremal kupesi tasvirlangan bölib, maşina italyan markasi asosçisi Ferruçço Lamborgini tavalludining 100 yilligiga bağişlab çiqariladi.
Avtomobil haqida rasmiy tarzda e'lon qilinmagan, lekin uning tez orada yaratilişi ötgan yilning sentabr oyida OAVda ma'lum bölgandi. Xabar qilinişiça, maşina çeklangan miqdorda, ya'ni 20 dona işlab çiqariladi. Maşinaning narxi million yevroga baholanmoqda.

Aniqlangan ma'lumotga köra, adad 40 ta maşina – 20 ta kupe va 20 ta rodsterni öz içiga oladi.
Kompaniya yanvar oyida Centenario (LP770-4 V12)ga buyurtmalar qabul qilişni töxtatdi. Birinçi partiyadagi barça maşinalar sotib olindi. Bir avtomobil narxi 2,2 million yevroni taşkil qilgan.

Taxminlarga köra, maşina Aventador–LP750-4 SV (SuperVeloce) modifikatsiyasi asosida tayyorlanadi. Yangi model 12 silindrli 6,5 atmosferali, 750 ot kuçidan 770 ot kuçigaça oşirilgan dvigatel bilan jihozlanadi. Kupe birinçi “yuzlikka” 2,7 soniyada, ya'ni SuperVeloce dan 0,1 soniya tezroq yeta oladi. Maksimal tezlik bir soatda 350 kilometrdan oşadi.
Lamborghini Centenario (LP770-4 V12) mart oyida Jyeneva avtosalonida ommaga körsatiladi.






