Tinç okeani hududidagi orollarga 5ta yirik super-böron bostirib kelayotgani ma'lum bölganidan söng, Fiji öz fuqarolarini favqulodda vaziyatga tayyor bölişga çaqirib, bir qança xalqaro parvozlarni bekor qildi va evakuatsiya markazlarini işga tuşirdi.
“Bir xalq sifatida, biz eng oğir sinovni boşdan keçiramiz va biz bunga tayyor turişimiz lozim”, deb murojaat qildi boş vazir Voreke Baynimarama (Voreqe Bainimarama).
Fiji meteorologik taşkilotining xabariga köra, şanba kuni bir “Winston” siklonlari örtaça 220 kilometrdan 315 kilometrgaça tezlikka çiquvçi şiddatli şamollar bilan asosiy orol Viti-Levuga (Viti Levu) yaqinlaşadi.
“Biz bunday dahşatli böronni şu paytgaça körmagan edik va bu 60 yil içidagi eng kuçlisi. Hamma qattiq qörquv ostida”, - deydi mahalliy aholi vakili Zalim Husayn (Zalim Hussein).
Avstraliyalik va yangi zelandiyaliklarning ta'til markaziga aylangan manzilda, Fiji Airways, Virgin Australia va Jetstar kompaniyalarining barça parvozlari bekor qilindi.
“Winston” halokatli şamol, jala, xavfli böron va yuqori xatarga ega bölgan toşqinlarni özi bilan olib keladi", deb xabar beradi BMTning UNOCHA gumanitar agentligi.







