Yaponiyalik Reykko Xori (Reikko Hori) Avstraliyaning yetti ming kilometr şimoliy-ğarbida joylaşgan Indoneziyaning kimsasiz Amparo orolida 19 kun ixtiyoriy yaşadi. Osakaning 22 yoşlik fuqarosi Docastaway sayyohlik agentligidan çipta sotib oldi va ular Reykkoni kattalaştiruvçi oyna va suvosti ov miltiği bilan orolga taşlab ketişdi.

Reykkoning sözlariga köra, u atrofdagilar bilan yaxşi çiqişa olmaganligi uçun özini noqulay sezar ekan. Öylab körib, ta'tilga heç kim bilan bormaslikka qaror qildi. U köpçilik qadami yetmaydigan, mahalliy aholi bilan körişmaydigan ta'til turlarini qidira boşladi.

Natijada, Reykko Xori kimsasiz orollarga sayohat uyuştiruvçi Docastaway kompaniyasini topdi. Qulaylikni huş köruvçilar uçun şaxsiy villalarga ega orolçalar taklif qilinadi. Ularning röyxatlarida esa eko-kurortlar va mini-mehmonxonalar ham mavjud.

Lekin Xori barça qulayliklardan voz keçib, “sarguzaştli” ta'tilni tanladi. Ya'ni u Robinzon Kruzodek tabiat bilan yolğizlikda hayot keçirmoqçi böldi.
Sarguzaştlarga tayyorgarlik
Docastaway kompaniyasining aytişiça, ularning mijozlari orasida Xori ilk şunday qaror qilgan ayol böldi va barçani hayratda qoldirdi. Çunki uning ekstremal vaziyatlar böyiça heç qanday tajribasi yöq. Reykko boşida safarim bir soatdan oşmaydi, deb bor-yöği ikki dona jinsi şimlar olgan edi.

Safar taşkilotçisi Alvaro Serezo (Alvaro Cerezo) unga aeroportda qöşimça narsalar olişni taklif qildi. Birinçi kun guruxdan bir qança kişilar qolib uning yovvoyi hayotga örganib olişiga yordamlaşdilar. Bundan taşqari, qoidaga asosan biron bir hodisa yuz berganda yordamga keliş uçun 40 minut uzoqlikda Reykkoni keçayu-kunduz soqçilar qöriqladi.
Tabiat qöynida
Serezoning sözlariga köra, Reykkoda oğriqni his qiliş çegarasi yöqligi va u öz xavfsizligi töğrisida qayğurmayotganidan ozgina havotirlandi. Ilk kunlarda u yovvoyi hayvonlar hujumidan ham qörqmay, junglida, yer ustida uxladi. Undan taşqari, ötkir korallar ustida sarguzaştçi parket ustida yurgandek oyoqyalang yurar edi.














