AQŞning Yuta ştatida yaşovçi ayol Western Family kompaniyasining loviya bankasi içida ilonning çopilgan boşini topib oldi, deb xabar bermoqda Huffington Post naşri.
Troy Uolker ismli bu ayol Farmington çerkovidagi dindorlar bilan birga tuşlik tayyorlayotganda Fancy green beans deb nomlangan loviya bankasida bunday "topilma"ni aniqladi.
Ayol dastlab bu yaroqsiz loviya bölagi deb öylagan, biroq ilon boşi ekanligini anglagaç, baqirib yuborgan.
Ayol ilon boşini dökonga olib borib, sotib olgan 30 ta loviya bankasi uçun tölagan butun pulni qaytib oldi. Biroq ayol kimgadir ilonning boşsiz tanasi çiqib qolişidan xavotirlanmoqda.







