Samsung kompaniyasi va SAP nemis dasturçilari Seat Leon xetçbekini yangi funksiya bilan ta'minlaşdi. Ya'ni ular avtomobilni masofadan turib mobil ilova kömagida öt oldiriş dasturini işlab çiqişdi. Valencia Noticias naşrining yozişiça, kompaniya bu loyiha—şou-karni MWC 2016 körgazmasida namoyiş etişni reja qilgan.

Samsung va SAP texnologiyasi asosida işlab çiqarilgan şou-kar loyihasi köp imkoniyatlarga ega. Şu jumladan, kalitsiz, birgina smartfon va maxsus ilova kömagida masofadan turib öt oldiriş— ulardan biri.

Ilova maşinani öt oldiribgina qolmay, taniş odamning avtomobilga kirişiga ham imkon beradi.

«Aqlli» Seat Leon avtomobil parklaridagi şlagbaumni ham barmoq izi yordamida oça oladi.

Ilk bor Seat Leon Connect jamoatçilikka 22 fevral kuni Barselonada start oladigan Mobile World Congress 2016 körgazmasi doirasida namoyiş etiladi.