Jizzax viloyatida yaşovçi Ilhom Ergaşev, Pölat Narziqulov va Xurşid Botirovdan iborat jinoiy guruh foş qilinib, qilgan jinoyatlari uçun jazoga tortildi.

“Huquq” naşrining yozişiça, heç bir işning boşini tutmagan, mömay daromad ilinjida bölgan uç yigit dastlab, kelişuvga muvofiq, tunda Xovos signalizatsiya va aloqa distansiyasiga qaraşli 1,4 km uzunlikdagi umumiy qiymati 804 ming sömlik aloqa simlarini, ikkinçi bor esa 4 mln 858 ming sömlik aloqa simlarini qirqib olib, sotib yuborişgan.

Tekin, biroq nohalol luqmaga örgangan jinoiy guruh kelgusi safar öğrilik manzilini özgartirib, Jizzax tumani “Qahramon” mahallasidagi fuqaro N.Döstmurodovning qurilişi bitmagan uyidan 840 ming sömli plastik romlarni gumdon qilişadi.

Suriştiruv-tergov jarayonlarida mazkur guruh Jizzax tumanida yana bir neça jinoyatlarni sodir etgani aniqlangan.