AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod, milliarder Donald Tramp Janubiy Karolina ştatidagi praymerizda (dastlabki saylovlarda) 33 foiz ovoz töplab, ğolib böldi.
Ovozlarni hisoblaş jarayoni davom etmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga köra, Tramp 33 foizga yaqin ovoz oladi, 2-örin uçun senatorlar Ted Kruz (22 foiz) va Marko Rubio (21foiz) kuraşmoqda.
Bu prognoz ekzit-pollar va ovozlarni hisoblaşning birinçi natijalariga asoslangan. Bu ma'lumotlarni 20 fevralda saylov uçastkalari yopilgandan keyin CNN, Fox News, NBC telekanallari va Associated Press axborot agentligi taqdim qildi.
Janubiy Karolinadagi praymerizda dastlabki saylovlar natijasiga köra, Floridaning sobiq gubernatori Jyeb Buşning AQŞ prezidenti lavozimi uçun kuraşdan çiqişini e'lon qilişi boş sensatsiya böldi. Buş praymerizda bor-yöği 10 foiz yiğişga muvaffaq böldi.
Avvalroq Donald Tramp Jyeb Buşni Rossiyaga nisbatan munosabati uçun qattiq tanqid qilgandi. Buş esa Trampni "notavon" deb atagandi.






