Britaniyalik afsonaviy uçuvçi, öz faoliyati davomida 487 turdagi samolyotlarda uçişlarga çiqqan Erik Braun 97 yoşida olamdan ötdi.
Braun 1919 yilning 21 yanvarida Leyte şahrida dunyoga kelgandi. Uning ilk parvozi 8 yoşida röy bergan. Erikning otasi uni biplanda uçişga olib çiqqan.
Braun Edinburgdagi universitetda samolyotlarni boşqariş ilmini örgandi. U Ikkinçi jahon uruşida iştirok etgan. Braun 3 marta Ginnes rekordlar kitobiga kirgan. Şulardan biri aviataşuvçi kema palubasiga eng köp marta qönişlar amalga oşiriş hisoblanadi.

Kapitan Braun 1970 yilda Britaniya qirollik flotidagi xizmatini tark etgan. Keyinroq u Buyuk Britaniya vertolyotçilari maslahat kengaşi rahbari, 1982 yildan Buyuk Britaniya Qirolligi aviatsiya jamiyati prezidenti sifatida işlagan.







