“Özbeknavo” estrada birlaşmasi taşabbusi bilan Özbekiston davlat san'at madaniyat institutida estrada ijodkorlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning erkin ijod qilişlariga kömaklaşiş, hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda mutaxassislar yordamida ijodkorlar uçun zaruriy bölgan bilim va könikmalar olişlariga şaroit yaratiş, jamiyat taraqqiyotida san'atkor ijodining ahamiyatini yanada kuçaytiriş, ularni öz ijodlari orqali yoşlar tarbiyasi, ommaga vatanparvarlik ruhini singdiriş, tinçlikni saqlaş, Vatan ravnaqi yölida fidokorona mehnat qiliş, tahdidlardan ogohlikka çaqiriş kabi yönalişlarda xizmat qilişga undaş uçun 2016 yil davomida estrada ijodkorlariga möljallangan maxsus malaka oşiriş öquv kurslarida tahsil olmoqdalar.

Uşbu öquv kurslarida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş, axborot xavfsizligi, nutq va sahna madaniyati, vokal san'ati, sahna harakati fanlari öquv dasturiga kiritilgan.

Bugun uşbu öquv kursining ilk kiriş darsi bölib ötdi, deb xabar beradi “Özbeknavo” estrada birlaşmasi matbuot xizmati.