Markaziy harbiy okrugning Jizzax viloyatida joylaşgan harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatni ötab, Qurolli Kuçlar rezerviga böşatilgan askarlarning bir guruhiga oliy öquv yurtlariga öqişga kirişda qöşimça imtiyoz beruvçi harbiy qism qömondonligining tavsiyanomasini topşirişga bağişlangan tadbir bölib ötdi.
Anjumanda Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondonligi, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati kengaşi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bölimi, viloyat xotin-qizlar qömitasi vakillari, harbiy qismlar komandirlari iştirok etdi, deb yozadi Özbekiston milliy axborot agentligi.
Eslatib ötamiz, 2012 yil 31 maydagi “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötab bölgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarori asosida harbiy xizmatni munosib ötagan, öz bilimi va qobiliyati bilan safdoşlariga örnak bölgan askarlarga imtiyozli tavsiyanomalar berib kelinmoqda.
Bunday tavsiyanomaga ega bölgan yigitlar barça yönaliş va mutaxassisliklar böyiça mamlakatimizdagi oliy öquv yurtlariga öqişga kirişda töplaş mumkin bölgan eng yuqori ballning 27 foizi miqdorida qöşimça ball şaklidagi imtiyozga ega böladi.






