Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi özining bu yilgi yangi flagman G5 smartfonini namoyiş qildi.
Yangi qurilma atroflari yumaloqlangan metal korpusga ega bölib, surilib çiquvçi akkumulyator va modul konstruksiyasiga ega. Bu modullar qurilmaning imkoniyatlarini yangi darajaga olib çiqadi.
Bundan taşqari, kompaniya yangi LG G5 flagmanni raqamli kamera va Hi-Fi pleyerga aylantiruvçi “döstlar” bilan birga ta'minladi. Kompaniya bu modullarni LG Friends deb nomladi.
Surilib çiquvçi konstruksiya akkumulyatorning quvvati qolmaganda tezda uni yangisiga almaştirib olişga qulaylik yaratadi. Şuningdek, LG G5 yangi ikkita modulli kameralarga ega bölib, biriçisi standart (78-gradus) va ikkinçisi keng burçakli (135-gradus) rejimda suratlar oliş imkonini beradi. Ikkinçidan, yangilik 3D Arc oynasi bilan qoplangan Quad HD IPS Quantum 5.3 dyuymli «Always-on» (Har doim yoqilgan) vazifasiga ega bölgan displeyi bilan jihozlangan..
LG CAM Plus moduli LG G5ning akkumulyator bölinmasiga joylaştirib, uni qulay raqamli kameraga aylantiradi. Bu modul foydalanuvçiga uni qulay uşlab turişga va kameraning qöşimça boşqaruv tugmalarini işlatişga imkon beradi. Bundan taşqari bu modul qurilmani qöşimça 1200 mA/s akkumulyator bilan ta'minlaydi.
LG Hi-Fi Plus moduli B&O PLAY kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan bölib, qurilmani Hi-Fi pleyerga aylantirib qöyadi. Bu pleyer yuqori sifatli 32-bitlik 384 kGts HD audioni çiqarib bera oladi. Qiziği şundaki, bu modulni boşqa smartfon va kompyuterlarga ulaş mumkin.







