OAVga Xiaomi kompaniyasining mobil protsessorlar bozoriga çiqişga tayyorlanayotgani ma'lum böldi. Xitoy kompaniyasi öz çiplarini qimmat bölmagan telefonlarda işlatmoqçi.

Reuters axborot agentligining xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berişiça, 2016 yilning 2-yarmida Xiaomi öz protsessorlari bilan jihozlanadigan smartfonlarni çiqaradi. Gap RedMi Note seriyasidagi arzon va örtamiyona narxlardagi qurilmalar haqida ketmoqda.

Agentlikning ma'lum qilişiça, Xiaomi joriy yilda qança çip işlab çiqarişi haqida ma'lumot yöq. Kompaniyaning özida bu ma'lumotga izoh berilmadi.

Agentlikning ta'kidlaşiça, Xiaomi çiplar jahon bozoriga çiqib, unda inqilob qilişi mumkin va Xitoy smartfon işlab çiqaruvçilari uçun protsessor yetkazib beruvçi eng yirik kompaniyalar bölmiş Qualcomm va MediaTek’ga raqobatçilik qilişi mumkin.

Gartner tahlilçilarining ma'lumotlariga köra, Xiaomi jahonning yetakçi smartfon işlab çiqaruvçilari beştaligiga kiradi. Kompaniya 2015 yilda 65,6 mln dona smartfon sotgan, bu jahon böyiça sotilgan smartfonlar umumiy miqdorining 4,6 foizini taşkil qiladi. Keyingi haftada Xiaomi’ning yangi Mi 5 smartfoni taqdimoti bölib ötadi. Bu smartfonda Qualcomm Snapdragon 820 protsessori işlatilgani aytilmoqda.