Eng yirik aloqa operatori Beeline 2016 yilning 22-26 fevral kunlari Barselonada Halqaro mobil aloqa kongressi doirasida bölib ötadigan Global Mobile Challenge jahon birinçiligi boşlangani haqida xabar beradi. Mazkur tanlovning 19 iştirokçilaridan biri – Özbekistonlik “Stolik” startap guruhi, uşbi guruh Moskva şahrida bölib ötgan Eurasia Mobile Challenge hududiy finalining ğoliblar uçtaligiga kirgan. 28 yanvar kuni turnir töğridan-töğri quyidagi havola orqali namoyiş etiladi. youtube.com

Global Mobile Challenge, mobil ilovalar segmentida eng yirik va nufuzli tanlov hisoblanib, bu yili barça qit'adagi minglab raqiblari bilan kuraşib, Barselonaga yöl olgan 19 jamoani yiğdi.

Uning saralaş bosqiçidan biri – Eurasia Mobile Challenge (“Yevraosiyo Mobil Kubogi”) 2015 yilning sentabr oyida boşlanib, Make Your Mark (“Öz izingni qoldir”) nomli VimpelCom‘ning global loyihasi doirasida ötkazilmoqda. Tanlov Yevraosiyoda raqamli startap-ekotizimning faol rivojlanişiga kömaklaşiş, şuningdek yangi mobil yeçimlarni yaratiş va joriy etiş uçun texnologik qurollar bilan ta'minlaşga qaratilgan.

Tafsilotlar www.eurasiamobilechallenge.com saytida.