Tarmoqlarda yaqinda taqdimoti bölib ötuvçi Mercedes-Benz C-Class kabrioleti tuşirilgan video paydo böldi. Kuzatuvçilar maşinani “Mercedes” korxonasi yaqinida tasvirga olişga ulgurişgan. Yangi avtomobilning ilk taqdimoti 29 fevral kuni bölib ötadi. 

Kuzatuvçi-ayğoqçilar maşinaning olddan körinişini suratga olişga ulgurişmadi. Lekin ular kabrioletni ikki xil rangida – kulrang va kök rangida suratga olişga muvaffaq bölişgan. Ikkala maşina ham yumşoq bukilgan tepa qismdan iborat.

Avvalroq “Mercedes” endilikda tom qismi qattiq bölgan maşinalar talqinini işlab çiqarmasligi haqida xabar berilgandi.

Bundan taşqari, “Mersedes” C-Class kabrioletining rasmiy tizerlarini e'lon qilgan edi. Unda AirCap va AirScarf tizimlari işlaşi aytib ötilgan. Ulardan biri old oyna ustida kötariluvçi maxsus soyabon va şovqin darajasini pasaytiruvçi vazifasini bajarsa, ikkinçisi öziga xos “havo şarfi” sifatida havo oqimini böyinlar atrofidan aylantirişga xizmat qiladi.

Mercedes-Benz C-Class kabrioletining asosiy taqdimoti 3 mart kuni oçiladigan Jyeneva avtosalonida bölib ötadi.