Şveytsariyaning Trafigura treyderi yaqin haftalarda birinçi 700 ming amerika neftini Isroilga yetkazib beradi, deb xabar bermoqda RNS naşri.

Ta'kidlanişiça, bu AQŞning tölib ketgan neft omborlarini böşatişga va 12 yillik minimum darajaga arzonlaşib ketgan WTI nefti savdolariga bosimni kamaytirişga imkon beradi.

Avvalroq AQŞda neft eksport qilişga 40 yil davom etgan taqiqlovning bekor qilinişini qöllab-quvvatlagan kompaniya va siyosatçilar amerika neftining sotilişi Isroil va AQŞning Yevropadagi ittifoqçilariga OPeK va Rossiyadan kamroq tobe bölişga yordam berişini aytgandilar.

Trafigura kompaniyasi neft departamenti boşliği Ben Lukkokning aytişiça, ayni vaqtda WTI neftini mart şartnomalari böyiça Yevropa va Isroilga sotiş nafliroqdir.