Özbekistan davlat jahon tillari universitetida ilk marotaba “Xorijiy til va adabiyoti” yönalişi böyiça tahsil olayotgan bir guruh iqtidorli talabalar tomonidan “Spelling Union Competition” (ingliz tilida sözlarni harflab talaffuz qiliş) körik tanlovi ötkazildi.
Ingliz tili 3-fakulteti professor-öqituvçisi Yo.Q.Şaripova ilmiy rahbarligi ostida ötkazilgan uşbu taşabbusni ötkazişdan közlangan asosiy maqsad talabalarni nazariyada olgan bilimlarini amaliyot orqali takomillaştirib, ilmiy izlanişlarning natijasini körişdan iborat.

Tanlov 3 bosqiçda ötkazilib, har bir bosqiçda, har bir iştirokçiga hakamlar tomonidan, ingliz tilida 3 tadan söz aytiladi va 50 sekund davomida sözni harflab tallaffuz qiliş talab etiladi. Har tomonlama jismonan soğlom bölgan talabalar bilan bir qatorda, köriş imkoniyati çeklangan talabalar ham özgaça iştiyoq bilan iştirok etdilar. Ulardagi til örganişga bölgan qiziqiş yuqori ekanligi namoyon böldi. Musobaqa yakunida ğoliblar uçun esdalik sovğalar taqdim etildi. Bundan taşqari, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Özbekiston davlat kontservatoriyasi hamda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining iqtidorli talabalari tomonidan özbek, rus va ingliz tillarida qöşiqlar kuylandi..


ÖzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti
Talaba: Ziyayeva Madina
Ilmiy rahbar: Şaripova Yoqutxon






