AQŞning Massaçusets ştatida tasodifiy yölovçi avtomobil rulida eçkini körib qoldi. Bu haqda Boston Globe xabar bergan.
Oksford şahrida riyeltor Jon Miller savdo markazi avtomobillar töxtaş parkida "eçki-haydovçi"ni körib qolgan. Oldiniga Millerga haydovçi örindiğida katta it ötirganday tuyulgan, lekin u yaqinlaşib, katta eçkini körgan.
Hayron bölgan Miller bu ğaroyib haydovçini mobil telefoni orqali videoga olgan va videorolikni Faceebook’dagi öz sahifasiga joylagan.
Bundan keyin Miller bilan jonivorning egasi aloqaga çiqib, voqeani tuşuntirib bergan. Eşli Robertsonning aytişiça, u savdo markaziga bir neça minutgagina kirgan va eçkini özi bilan olib yura olmagan.
Intervyuda Eşli eçkini öz Toyota’sida fermaga olib ketayotgan bölganini, lekin yölda savdo markaziga kirişi talab etilgani uçun eçkini maşinada qoldirgani haqida aytadi.
"Özining yirikligi sabab, eçki haydovçi örniga ötolmaydi deb işongandim", deydi u.
Robertsonning aytişiça, u yonida yöq bölgan vaqt içida eçkiga heç narsa tahdid solmagan. Eçkining egasi ta'kidlaşiça, eçki favqulodda vaziyat signalini yoqib, stakandagi gazirovkani içib qöygan, hamma ovqatni yeb qöygan va haydovçi örindiğini bejab qöygan bölsa ham, bu aytişga arzigulik iş emas.
Öz örnida videorolik muallifi Millerning aytişiça, uşbu video America's Funniest Videos körsatuvi prodyusserlariga jönatilgan.






