23 fevral oqşomida YeÇLning nimçorak final bosqiçi doirasidagi yana bir uçraşuv Turinda, "Yuventus" va "Bavariya" jamoalari örtasida ötkazildi.

Öyinning birinçi bölimi germaniyaliklarning ustunligida ötdi va bölim söngida myunxenliklar Tomas Myullerning goli evaziga hisobni oçişdi. Ikkinçi bölim boşida Aren Robben oradagi farqni ikkita golga oşirdi.

Mezbonlar öyin oxiriga qadar mağlubiyatdan qutulib qolişdi. Avvaliga, 63 daqiqada Dibala himoyaçilarning xatosini golga aylantirgan bölsa, 76 daqiqada Sturaro qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozaga joyladi.

Şu tariqa, dastlabki öyinda tomonlar jangovar durangga imzo çekişdi. Javob öyini 2 haftadan keyin "Alyants Arena"da bölib ötadi.

YeÇL, nimçorak final, dastlabki öyin
Yuventus Italiya – Bavariya Germaniya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 43 Myuller, 0:2 – 55 Robben, 1:2 – 63 Dibala, 2:2 – 76 Sturaro.
Yuventus – Buffon, Bonuççi, Evra, Lixtştayner, Bardzali, Kuadrado, Xedira (Sturaro, 69), Markizio (Ernanes, 46), Pogba, Dibala (Morata, 75), Mandjukiç.
Bavariya – Noyyer, Lam, Bernat (Benatiya, 74), Alaba, Robben, Vidal, Alkantara, Kimmix, Duglas Kosta (Riberi, 84), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirişlar: Duglas Kosta (20), Levandovski (70), Morata (79), Vidal (90).