Iqtisodiy muammolar domida qolgan bölişiga qaramay Gretsiya Yevropadagi eng maşhur va talabgor mavsumiy aviayönaliş bölib qolmoqda. Bu haqda Gretsiya matbuotiga tayanib 1news.uz yangiliklar agentligi muxbiri Şuhrat Oripov kun.uz uçun Afinadan xabar bermoqda.
Kuni keça Yevropa aviakompaniyalari uyuşmasi aviareyslar sonini 4 foizga oşiriş böyiça qaror qabul qildi. Uyuşma vakiliga köra umumiy hisobda 255 ta yangi aviayönaliş joriy etilişi rejalaştirilmoqda va ularning qariyb 200 ga yaqini Yevropa içki xududiga töğri keladi. Bu yönalişlarning aksariyati mavsumiy xususiyatga ega bölib, ular orasida Gretsiya eng maşhur va eng talabgor aviayönaliş bölib qolmoqda. Ayniqsa, Gretsiya orollariga aviataşuvlarga talab yuqori. Bu borada Italiya ikkinçi, Ispaniya uçinçi va Şotlandiya törtinçi örinni band etgan.

Gretsiyaning bunday e'tirofga loyiq körilişi tasodifiy xol emas. Fevral oyining boşlarida Bryusselda Best European Destination jamoat taşkiloti tomonidan ötkazilgan yillik ovoz beriş jarayonida Afina şahri 2016 yilda Yevropadagi eng yaxşi turizm yönalişi nominatsiyasida 2-öringa munosib körilgan edi. Ovoz beriş jarayonida 179 ta davlatdan 289 ming fuqaro iştirok etdi.
Buyuk Britaniyadagi Telegraph gazetasining yozişiça, Yevropadagi eng tarovatli va hordik çiqarişga qulay 18 ta orolning 6 tasi aynan Gretsiya xududida joylaşgan. Bular - Kastelorizo, Meganisi, Monemvasiya, Kea, Kufonisya va Ios orollaridir. Telegraph talqiniga köra, Gretsiyaning Rodos, Korfu va Lefkas orollari Yevropaning oilaviy hordik çiqarişga möljallangan eng maşhur 11 ta orollari tarkibiga kiradi.

Jahondagi eng yetakçi turistik platformalardan biri Trip Advisor ötkazgan sörovnoma natijalariga köra, Gretsiyaning Krit orolida joylaşgan Yelafonisi plyaji 2016 yilda Yevropada ikkinçi örinda va dunyodagi 14 ta eng yaxşi plyajlarning biri sifatida qayd etildi. Şuningdek, sörovnoma iştirokçilari Gretsiyaning Limnionas, Balos, Agios Pavlos, Sarakiniko va Egremni plyajlarini Yevropaning eng yaxşi 15 ta plyaji röyxatiga kiritdilar. Sörovnoma platforma foydalanuvçilari örtasida 12 oy mobaynida ötkazildi.
Şunisi qizikki, turistlarda Gretsiyaning qişki kurortlariga ham qiziqiş yil sayin ortib bormoqda. Jumladan, yaqinda olib borilgan tadqiqotda Metsovo dam oliş zonasi dunyodagi 50 ta maşhur çanği uçişga möljallangan kurortlar orasida 6-örinni egalladi. Bu röyxatdan Metsovodan taşqari Gretsiyaning yana 5 ta qişki turistik yönalişi ham joy olgan.







