Şvetsiyaning Doro kompaniyasi yoşi uluğ foydalanuvçilar uçun qurilmalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.

MWC 2016 körgazmasida kompaniya ota-onalar, buvilar va buvalarning zamonaviy texnologiyalar bilan munosabatini yaqinlaştiruvçi yangi smartfonni taqdim etdi.

Bu qurilma özining juda oddiy interfeysi bilan ajralib turadi: boşlanğiç ekranda faqatgina “Qönğiroq qiliş”, “Körib çiqiş” va “Yuboriş” buyruqlari örnatilgan. 

Doro mutaxassislari şuni tuşunişadiki, yoşi katta inson uçun dasturlarni çuqur örganiş qiyin. Taqdim etilgan qurilmada esa suratni jönatiş uçun “Yuboriş” tugmasini bosiş kifoya qiladi. Qiyin vaziyatlardan qoçiş uçun, sozlaş menyulari ham tuşunarli va sodda ravişda tuzilgan.

Smartfonning eng muhim jihatlaridan biri bu yaqinlar bilan muloqotni osonlaştiruvçi Connect & Care programmasi hisoblanadi. Misol uçun, agar foydalanuvçiga uy işlari böyiça yordam kerak bölsa, programma maxsus xabar jönatadi. Yana bir muhim jihatlardan biri, bu qurilmaning orqa panelida joylaşgan tezkor “yordam tugmasi”.

Doro smartfoni AQŞda şu yilning oxirida sotuvga çiqariladi. Qurilmaning narxi haqida ma'lumot yöq, lekin Connect & Care programmasi uçun oyiga 3 dollar tölaş kerak.