Facebook «layk»ning beşta muqobil talqinini işga tuşirdi. Bu yangi belgilar yordamida foydalanuvçilar nafaqat "Menga yoqadi" deya olişadi, balki sevgi izhor qiliş, kuliş, hayron böliş, ğamginlik va ğazabni ifodalaşlari mumkin böladi.
Yangi his-tuyğuni qöyiş uçun Facebook dasturida laykni bosiş, veb-versiyasida esa uning ustiga kursorni olib borib, biroz kutib turiş kerak böladi.
His-tuyğularni sinovdan ötkaziş 2015 yil oktabrda boşlangandi, öşanda bu imkoniyat ijtimoiy tarmoqning faqatgina ispan va irland versiyalarida işlay boşladi. Endi xabarga smaylik qöyiş imkoniyatidan barça foydalanuvçilar foydalana oladilar.
Facebook asosçisi Mark Tsukerberg yangi imkoniyatlarni e'lon qila turib, yangi smayliklar albatta köpçilik foydalanuvçilar kutgan "Yoqmaydi" tugmasi emasligini, biroq ular xabarlarga yangiça munosabat bildirişga imkon berişini aytdi.






